» » Maktabgacha ta’lim vazirligi: “Karantindan avval bog‘chaga qo‘yilgan navbatlar o‘zgarishsiz qoladi”

Maktabgacha ta’lim vazirligi: “Karantindan avval bog‘chaga qo‘yilgan navbatlar o‘zgarishsiz qoladi”


Joriy yilning 16-martidan boshlab bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanmalarni shakllantirish va berilishi vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda 28-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Dilafro‘z Ikromova aytib o‘tdi.

Dilafro‘z Ikromovaning ta’kidlashicha, fuqarolar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish to‘g‘risidagi yo‘llanmalarni olish uchun faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

“Lekin 2020-yil 16-mart kunidan boshlab respublikada koronavirus infeksiyasining profilaktikasi va unga qarshi kurashish tadbirlari yakuniga yetguniga qadar bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanmalarni shakllantirish va berilishi to‘xtatilgan. Karatindan avvalgi navbatlar karantin davrida o‘zgarishsiz qoladi va karantin tugagandan so‘ng o‘z navbatida davom etadi”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangan sababli barcha ta’lim muassasalari karantin uchun yopilgan. Avvalroq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bog‘cha bolalari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ota-onalariga ta’til berilishi tartiblarini bayon qilgandi.

Mavzuga doir: Maktabgacha ta’lim vazirligi masofadan ishlaydigan xodimlarning ish haqlari bo‘yicha tushuntirish berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют