» » Baxtiyor Ashurmatov eng yaxshi futbolchilardan iborat O‘zbekiston ramziy terma jamoasini tuzdi

Baxtiyor Ashurmatov eng yaxshi futbolchilardan iborat O‘zbekiston ramziy terma jamoasini tuzdi


“Qo‘qon-1912” klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov talqiniga ko‘ra O‘zbekistonning barcha davrlardagi ramziy terma jamoasi tuzib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qilmoqda.

Ashurmatovning orzular terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Pavel Bugalo.

Himoyachilar: Fevzi Davletov, Andrey Fyodorov, Davron Fayziyev, Vitaliy Denisov.

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Nikolay Shirshov, Mirjalol Qosimov.

Hujumchilar: Jafar Irismetov, Aleksandr Geynrix.

Bosh murabbiy: Vega da Silva.

Shuningdek, mutaxassis eng esda qolarli uchrashuv sifatida 1998-yilgi Jahon Chempionati saralash bahslari doirasidagi O‘zbekiston—Yaponiya (1:1) o‘yinini tanladi. Bu Ashurmatovning terma jamoa safidagi ilk rasmiy o‘yini bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, sobiq markaziy himoyachi 1997—2008-yillar davomida O‘zbekiston terma jamoasida 54 o‘yin o‘tkazib, bitta golga mualliflik qilgan.

Mavzuga doir: Aleksandr Geynrix eng yaxshi futbolchilardan iborat O‘zbekiston ramziy terma jamoasini tuzdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют