» » Karantin davrida ehtiyot chorasi sifatida hibsda ushlab turilgan shaxslarning jinoyat ishlari to‘xtatilmaydi

Karantin davrida ehtiyot chorasi sifatida hibsda ushlab turilgan shaxslarning jinoyat ishlari to‘xtatilmaydi


Jinoyat ishlari karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi munosabati bilan to‘xtatilmaydi. Bu haqda AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qilgan.

Matbuot kotibi fuqarolardan kelib tushgan “Ehtiyot chorasi sifatida hibsda ushlab turilgan shaxslarning sud ishlari karantin tufayli to‘xtatilganmi, agar karantin muddati yana surilsa, hibsda ushlab turish davom ettiriladimi?”, — degan savolga javob bergan.

Mavzuga doir: Ichki ishlar vazirligi karantin davrida mahkumlarning ozodlikka chiqish muddati masalasiga izoh berdi

Unga ko‘ra, qonun hujjatlarida jinoyat ishlarini karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi munosabati bilan to‘xtatish nazarda tutilmaganini qayd etgan.

Qamoqda saqlab turishning muddati ko‘pi bilan uch oyni tashkil qilishi (Jinoyat protsessual kodeksining 245-moddasi), mazkur muddatni tegishli tartibda besh oy va yetti oygacha uzaytirish mumkinligi ta’kidlangan.

Mavzuga doir: Oliy sud karantin davrida qaysi toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish davom ettirilishini ma’lum qildi

Dastlabki tergov yoki surishtiruv tugatilganidan so‘ng jinoyat ishi tegishli tartibda sud organlariga yuborilishi aytilgan. Sud organlari tomonidan shaxsga jazo muddatini tayinlashda, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan davri, albatta, hisobga kiritilishi ham bildirilgan.

“Shaxsning aybdorligini yoki aybsizligini faqatgina sud hal etadi”, — deydi Shohrux G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli koronavirus tufayli vaqtincha to‘xtatilgani ma‘lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют