» » Farg‘onada karantin qoidalarini buzib, sevgilisi bilan uchrashmoqchi bo‘lgan mast yigit 15 sutkaga qamaldi

Farg‘onada karantin qoidalarini buzib, sevgilisi bilan uchrashmoqchi bo‘lgan mast yigit 15 sutkaga qamaldi


Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida karantin qoidalarini buzib, sevgilisi bilan uchrashmoqchi bo‘lgan mast yigit 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro T.D 20-aprel kuni soat 21:00 da karantin qoidalarini buzib, mast holda Quvasoy shahar A.Azizov ko‘chasida niqob taqmasdan yurgan. Shuningdek, fuqaro karantinga olingan hudud o‘ralgan tasmani uzib tashlagan. Shu yerda jamoatchilik asosida xizmat olib borayotgan A.X. tomonidan tartibga chaqirilganda, fuqaro T.D. uyatli so‘zlar bilan uni haqoratlagan.

Muqaddam bezorilik qilganligi uchun sudlangan T.D. sevgan qizining xonadoniga ketayotganligini vaj qilib, baqir-chaqir qilgan va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan.

Ta’kidlanishicha, T.D. Quvasoy shahar IIB profilaktika inspektori M.Q.ning huquqbuzarlikni to‘xtatish, jamoat tartibiga rioya qilish va IIB binosiga borish haqidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, unga qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur holat Quvasoy shahar ma’muriy sudida ko‘rib chiqildi. Huquqbuzar T.D.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, huquqbuzardan davlat foydasiga ma’muriy qamoq xarajatlari uchun 501 750 so‘m undirilishi belgilandi.

.Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют