» » Sirdaryoda koronavirusga chalingan dastlabki 4 bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 1059 kishiga yetdi

Sirdaryoda koronavirusga chalingan dastlabki 4 bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 1059 kishiga yetdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida 29-aprel kuni jami 54 kishi koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar soni 1059 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 29-aprel kuni koronavirus infeksiyasiga chalingan 12 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘istondan. Xususan, 7 nafari Nukus shahridan, 3 nafari Qo‘ng‘irot tumanidan, Mo‘ynoq va Qonliko‘l tumanlaridan 1 nafardan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 2018-yilda tug‘ilgan.

Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda 62 nafar bemor koronavirusda to‘liq sog‘aygan.

Shuningdek, 29-aprel kuni Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan yana 11 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Namangan viloyatidan (9 nafari Namangan shahridan, Uchqo‘rg‘on va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Ularda kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 9 kishi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng kattasi 67 yoshda, eng kichigi esa 12 yoshda.

Namangan viloyatida shu paytga qadar koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 72 nafarni tashkil etmoqda.

Xorazm viloyatida esa koronavirus infeksiyasiga chalingan 27 nafar bemor 29-aprel kuni butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi joriy yilning 22-mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Ulardan 22 nafari erkak, 5 nafari ayollardir. Tuzalganlar orasida Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 5 nafardan, Jizzax va Andijon viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridan 2 nafardan, Toshkent, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan fuqaro bor. Ular orasida eng kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 20 yoshda.

Xorazm viloyatida ayni paytga qadar 121 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar tuzalib chiqayotgan hududlar safiga Sirdaryo viloyati ham qo‘shildi. Ushbu viloyatda koronavirus infeksiyasiga chalingan dastlabki 4 nafar bemor tuzalib chiqdi va reabilitatsiyaga olindi.

Sirdaryoda sog‘ayganlarning barchasi erkak bo‘lib, ular Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida yashaydi. Ularning 3 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, ular shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafar bemor esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning eng kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 33 yoshda.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1000 nafardan oshgani haqida xabar berilgan edi. 28-aprel kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirusdan sog‘ayganlar soni ayni vaqtda koronavirus infeksiyasidan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi.

O‘zbekistonda 29-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 14 kishiga ko‘payib, 1969 nafarga yetdi. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют