» » Mosulda Iroq harbiylari IShIDning 60 dan ziyod a’zosini yo‘q qildi

Mosulda Iroq harbiylari IShIDning 60 dan ziyod a’zosini yo‘q qildi


So‘nggi sutkalar ichida Iroq harbiylari Mosulning “An-Nuriy” jome’ masjidi ostonasida IShIDning 60 dan ziyod a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda Iroq federal politsiyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Iroq federal politsiyasi rahbari general-leytenant Rayed Shaker jangarilarning sakkizta harbiy texnikasi ham yo‘q qilingani hamda xudkushlar amalga oshirishi lozim bo‘lgan bir necha hujum oldi olinganini ma’lum qildi.

Avvalroq harbiylar IShID nazoratida bo‘lgan “An-Nuriy” jome’ masjidiga qadar yetib kelgani xabar qilingan edi.

Qayd etish joiz, ushbu masjidni ozod qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, 2014-yil 29-iyun kuni IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy aynan shu yerda xalifalik tashkil etilganini e’lon qilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (18-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют