» » O‘zbekistonda barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi


O‘zbekistonning Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining tavsiyasiga asosan “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, jamiyatdagi barcha sohalarni tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlar loyihalari komissiya tavsiyasiga asosan gender-huquqiy ekspertizasidan o‘tkaziladi. Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining bildirishicha, bundan asosiy maqsad– hujjatlarning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiqligini tahlil qilishdir.

Ekspertizadan o‘tkaziladigan huquqiy hujjat loyihasi O‘zbekiston Konstitutsiyasi, xalqaro umume’tirof etilgan normalar hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni va ushbu yo‘nalishdagi masalalarni tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi zarur.

Mazkur nizom normativ-huquqiy hujjatlarda jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishga yo‘l qo‘yadigan, gender tengligini ta’minlashda xotin-qizlarning huquq va manfaatlariga har qanday cheklovlar o‘rnatish va shunday talqin qilinishi mumkin bo‘lgan normalarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar gender tafovut ko‘rsatkichlari keltirilgan 150 ga yaqin mamlakat ro‘yxatiga O‘zbekiston biror marta ham kiritilmagan. 2019-yilda Oliy Majlis Senati tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi 2 ta normativ-huquqiy hujjat — “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar ma’qullanib, bu yo‘nalishda mamlakatda jiddiy qadamlar tashlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют