» » Buxoroda mingdan ortiq xonadonga 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi

Buxoroda mingdan ortiq xonadonga 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi


Buxoroda Ramazon oyi munosabati bilan 1014 ta xonadonga 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Sherzod Tilavov xabar bermoqda.

Yoshlar ittifoqi tashabbusi hamda “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida tarqatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari kam ta’minlangan, ko‘p farzandli, karantin sabab daromad manbasidan ajralgan, ishsiz, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan va yakka-yolg‘izlarga berilgan.

“Ramazon oyida amalga oshirilayotgan ehson tadbirida ‘Yoshlar-kelajagimiz’ jamg‘armasi orqali imtiyozli kreditga ega bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan 200 nafardan ortiq yosh tadbirkor beminnat yordam berdi”, — dedi Sherzod Tilavov.

Yoshlar ittifoqining 15 nafar ko‘ngilli xodimi tomonidan qadoqlanib, maxsus jihozlangan mahsulotlar 27-aprel kuni avtomobillarga ortilib, “Saxovat va ko‘mak” karvoni sifatida tumanlarga yo‘l olgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, mingdan ortiq oilalarga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari tibbiy vositalar ham tarqatilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют