» » Toshkentda “G‘alaba bog‘i majmuasi” faoliyati tashkil etiladi

Toshkentda “G‘alaba bog‘i majmuasi” faoliyati tashkil etiladi


Vazirlar Mahkamasining “G‘alaba bog‘i majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihada Toshkent shahri Olmazor tumanida barpo etilgan Ikkinchi jahon urushi davriga oid “G‘alaba bog‘i majmuasi” operativ boshqaruv huquqi asosida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilishi belgilangan.

Mazkur majmua Markaziy xiyobon, Temiryo‘l vokzali, harbiy texnikalar maydonchalari, Amfiteatr va ma’muriy bino, G‘alaba hududi, Urushning dahshatli qiyofasi aks etgan maydon, Frontorti hududi, Motam va anduh hududi, Shod-u hurramlik hududi, Shukronalik hududi, G‘alaba hududi, Shon-sharaf davlat muzeyi hamda monument va haykallardan iborat bo‘lib, tarixiy haqiqatlar haqida ma’lumot berishga xizmat qiladi.

O‘tganlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan majmuada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar, konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari, ijodiy kechalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ham belgilab o‘tilgan.

Shuningdek, majmuada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda mavzuga oid virtual ekskursiyalar tashkil etish sharoitini yaratish ham rejalashtirilgan.

Ushbu qaror loyihasi 12-maygacha davom etadi. Uning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish va takliflar bildirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 25-iyun kuni mazkur hududda bo‘lib, “G‘alaba bog‘i” qurilishi bo‘yicha topshiriqlar bergan, ushbu topshiriq asosida bog‘ konsepsiyasi ishlab chiqilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 9-may kuni qabristonlarga borish mumkinmi? IIV izoh berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют