» » Mart oyida xalqaro koalitsiya zarbalari Suriyada rekord darajada ko‘p tinch aholining o‘limiga sabab bo‘ldi

Mart oyida xalqaro koalitsiya zarbalari Suriyada rekord darajada ko‘p tinch aholining o‘limiga sabab bo‘ldi


AQSh yetakchilik qilayotgan xalqaro koalitsiya bergan aviazarbalar natijasida Suriya va Iroqda rekord darajada ko‘p miqdorda tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda Airways nomli mustaqil monitoring guruhi axborotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Koalitsiyaning Iroq va Suriyadagi harakatlarini kuzatib boruvchi mazkur tashkilot ma’lum qilishicha, so‘nggi oylarda ikki mamlakat hududida aviahujumlar soni “misli ko‘rilmagan darajada” oshgan.

Xususan, mart oyida koalitsiya Iroqqa 268 marta, Suriyaga esa 434 bor zarba bergan. Ushbu hujumlar oqibatida tinch aholidan kamida 1782 kishi halok bo‘lgan.

Airways vakili Aleks Хopkins so‘nggi oy ichida Suriyada halok bo‘lganlar soni bir necha marotaba oshgani, biroq ushbu holat matbuotda juda kam yoritilganini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют