» » O‘zbekistonda koronavirusdan yana 74 nafar bemor sog‘aydi. Tuzalganlarning umumiy soni 1066 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan yana 74 nafar bemor sog‘aydi. Tuzalganlarning umumiy soni 1066 nafarga yetdi


Toshkent Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 4 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 3 nafar, jami 7 bemor butkul sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.

Jumladan, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 2 nafari Toshkent shahridan, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. 3 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan.

Klinikada tuzalganlarning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 76 da bo‘lsa, eng kichigi 38 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning barchasi Toshkent shahridan. Jumladan, 11 yoshli va 2 yoshli qizaloqlar hamda 32 yoshli erkak koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Toshkent shahrida avval 313 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 320 nafarga yetgan.

Shu tariqa 29-aprel soat 16:10 holatiga ko‘ra, 74 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1066 nafarga yetdi.

Avval O‘zbekistonda 29-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 14 kishiga ko‘payib, 1969 nafarga yetgani xabar qilingandi. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют