» » O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlar 30-iyungacha tiklanmaydi

O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlar 30-iyungacha tiklanmaydi


O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro aviaqatnovlar joriy yilning 30-iyunigacha tiklanmaydi. Bu xabarni “Daryo”ga Uzbekistan Airways kompaniyasi tasdiqladi.

Qayd etilishicha, 30-iyunga qadar aviachiptalar sotish ham to‘xtatiladi. Qatnovlarni tiklash masalasi dunyodagi vaziyatga ko‘ra qayta ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 30-mart kuni soat 00:01 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatilgandi.

Respublikadagi aeroportlar ish faoliyati va aviaparvozlarning qayta tiklanishi yoki cheklov choralarining uzaytirilishi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют