» » Dmitriy Peskov koronavirus butunlay tugashi prognozlari bo‘yicha uni chiqargan Singapurga qo‘ng‘iroq qilishni maslahat berdi

Dmitriy Peskov koronavirus butunlay tugashi prognozlari bo‘yicha uni chiqargan Singapurga qo‘ng‘iroq qilishni maslahat berdi


Kreml Rossiyada koronavirus epidemiyasi avgust oyida tugashini prognoz qilgan singapurlik olimlarning bashoratlari ishonchliligini baholashdan bosh tortmoqda. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Rossiya prezidenti matmuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan.

Dmitriy Peskovning aytishicha, epidemiya tugashining aniq sanasini oldindan aytib bo‘lmaydi. “Agar singapurlik olimlarda bu borada boshqacha fikr bo‘lsa, ularga qo‘ng‘iroq qilib so‘rashni maslahat beramiz”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, Singapur Texnologiya va dizayn universiteti (SUTD) tadqiqotchilari mavjud ma’lumotlar tahlili asosida dunyoda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatlar yakunlanishiga oid monitoring natijalarini e’lon qilgandi. Epidemiologik vaziyat bo‘yicha hisob-kitoblar matematik model asosida yaratilgan bo‘lib, saytdagi ma’lumotlar doimiy ravishda tahrirlab boriladi.

Ushbu modelga ko‘ra, AQShda epidemiya 9-sentabrda, Italiyada 31-avgustda, Buyuk Britaniyada 22-avgustda, Germaniya va Fransiyada 6 va 9-avgustda yakunlanishi mumkin.

O‘zbekistonda esa koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat shu yilning may oyida yakun topishi taxmin qilingan.

Avvalroq Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketgani, bir sutkada 5841 kishida koronavirus aniqlanib, 100 dan ortiq bemor vafot etgani xabar berilgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi haftada mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan yangi bayonot bilan OAVda chiqish qilishi mumkin.

Mavzuga doir: Dmitriy Peskov Putinning virusologga aylanib borayotgani haqida hazil qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют