» » Video: Toyota Supra ulkan “BigMak” atrofida drift qildi

Video: Toyota Supra ulkan “BigMak” atrofida drift qildi


Toyota kompaniyasi Gazoo Racing sport bo‘linmasining haydovchilari Supra kupesida “Makdonalds” mahsuloti atrofida drift qilayotgani tasvirlangan rolikni e’lon qildi, deb xabar beradi Motor.

Toyota haydovchilari va Yaponiyaning D1 drift-musobaqasi g‘oliblari Daygo Sayto va Nobuteru Taniguchi maxsus trassada poyga uyushtirgan. Poyga davomida yo‘lning o‘rtasida ulkan “BigMak” va harakatlanuvchan tovuq naggetslari qadog‘i paydo bo‘ladi, poygachilar sinxron ravishda “BigMak” atrofida drift qiladi. Shundan so‘ng, ular maxsus stenddan kartoshka-frini olib yeya boshlaydi. Rolik yakunida sportchilar mashinalarini turargohga qo‘yib, ovqatlanib olishga kirishadi.

Toyota’ning reklama roligi “Makdonalds”ning hamkorlikda aksiyasi doirasida yaratilgan bo‘lib, unga ko‘ra Yaponiyada har qanday “Xeppi Mila” sotib olgan xaridorga kichkina Toyota Supra modeli sovg‘a qilinadi.

Ma’lumot uchun, Toyota Supra’ga 3,0 litrli V6 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, agregat quvvati 340 ot kuchiga teng. Sportkar 100 km/soat tezlikka 4,3 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi esa 250 km/soatni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют