» » Rossiya mehnat vazirligi epidemiyadan keyin mamlakatda ishsizlar soni 6 mlnga yetishi mumkinligini taxmin qildi

Rossiya mehnat vazirligi epidemiyadan keyin mamlakatda ishsizlar soni 6 mlnga yetishi mumkinligini taxmin qildi


Rossiyada ishsizlar soni 5-6 million kishini tashkil qilishi mumkin, biroq bu yuz berishi mumkin bo‘lgan ssenariylardan biri, degan mamlakat mehnat vaziri Anton Kotyakov. Bu haqda “RBK” xabar qildi.

“Iqtisodiyotning oliy maktabi taxmin qilayotgan 5-6 million ishsiz haqida gapirganda, bu voqealar rivojidagi bitta taxmin, ssenariy ekanini inobatga olishimiz lozim. Mehnat vazirligi bu borada vaziyatni tahlil qilmoqda, ya’ni bozordagi tendensiyalarni o‘rganib bormoqda va ssenariylardan biri shunday yakun topishini mumkinligini tushunib turibmiz”, — degan vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda taxminan 3,7 million aholi ishsiz, ular orasidan qariyb 950 ming nafar odam bandlik markazlarida ro‘yxatga olingan. Hozirda bandlikni saqlab qolish tendensiyasi kuzatilmoqda — bu hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan choralardan bittasi.

Avval BMT prognoziga ko‘ra, koronavirus oqibatida yuzaga kelgan inqirozdan kichik va o‘rta ko‘rxonalar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, o‘z-o‘zini band qilganlar, qochoqlar va mehnat migrantlari eng ko‘p zarar ko‘rishi xabar qilingandi.

Iqtisodiyotning oliy makatabi rektori Yaroslav Kuzminovning aytishicha, bazaviy ssenariyda 2020-yil davomida Rossiyada ishsizlik ko‘rsatkichi 8 foizni tashkil qiladi.

“Korporativ sektor 2020-yilda 700 ming nafar ishchi, korporativ bo‘lmagan sektor esa 1,5 million nafar ishchi yo‘qotadi, biroq bunda tiklanish jarayoni ikkinchi sohada tezroq kechadi”, — degan u. Ushbu ssenariyga ko‘ra, 2024-yilda ishsizlik darajasi 2019-yildagidan ham balandroq bo‘ladi.

Biroq eng yomon taxmin bo‘yicha Rossiyada 2020-yilda ishsizlik darajasi 9,5 foizga chiqishi, 2021-yilda esa 9,8 foizgacha o‘sishi mumkin. Ishsizlikning yuqori darajasi 2020-yilda ham saqlanib turadi, ushbu davrda ko‘rsatkich 2019-yildagidan ikki baravar ko‘p bo‘lishi va 8,1 foizga yetishi mumkin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-aprelda kichik va o‘rta biznes korxonalariga hukumat tomonidan xodimlariga maosh to‘lashi uchun mablag‘ ajratish haqida topshiriq bergan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, har bir xodimga oyiga o‘rtacha 12 ming 130 rubl (qariyb 1 million 667 ming so‘m) ajratiladi. Ushbu mablag‘ni olish uchun korxona 1-apreldagi ko‘rsatkichga nisbatan 90 foiz ish o‘rnini saqlab qolishi lozim.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli Rossiya iqtisodiyoti kuniga 100 mlrd rubl yo‘qotayotgani ma’lum qilindi

BMT barcha mamlakatlar hukumatini pandemiyadan so‘ng yangi iqtisodiyotni yaratish va ish o‘rinlarini ko‘paytirishga chaqirgan, shuningdek, tashkilot koronavirus pandemiyasi sabab 30 ga yaqin davlatda ocharchilik bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют