» » BMT: IShIDga qarshi operatsiya boshlanganidan beri yarim million kishi Mosulni tark etdi

BMT: IShIDga qarshi operatsiya boshlanganidan beri yarim million kishi Mosulni tark etdi


Shaharni IShID jangarilaridan xalos etish bo‘yicha operatsiya boshlanganidan beri qariyb 500 ming fuqaro Iroqning Mosul shahrini tark etdi. Bu haqda BMT vakili axborotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Janglar boshlanganida taxmin qilingan eng yomon ssenariyga binoan Mosulni bir milliongacha kishi tark etishi kerak edi. Hozirgacha 493 mingdan ziyod fuqaro deyarli hamma narsani qoldirib ketdi”, — deyiladi Iroqdagi gumanitar masalalar bo‘yicha koordinator Liza Grandning axborotida.

Ma’lumot uchun, Mosul 2014-yil IShID a’zolari tomonidan bosib olingunga qadar shaharda 1,5 milliondan ziyod kishi istiqomat qilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (18-04-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют