» » Antivirus o‘rindiqlarga ega samolyot salonining konsepti taqdim etildi

Antivirus o‘rindiqlarga ega samolyot salonining konsepti taqdim etildi


Italiyaning aviatsiya interyerlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Avio Interiors kompaniyasi antivirusli o‘rindiqlarga ega samolyot saloni konseptini taqdim etdi.

Yo‘lovchilarni o‘tqazishning ikki varianti mavjud. Birinchisiga Yanus — ikki yuzli Rim xudosining nomi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra bir qatorga uch o‘rindiq joylashtiriladi, o‘rtadagi o‘rindiq orqa tomonga o‘girilgan bo‘ladi.

Mazkur holatda joylar shaffof plastik bilan ajratilib, o‘rindiqlar atrofi o‘rab chiqiladi. Ushbu plastik to‘siqni boshqarish mumkin: shaffoflilik darajasini kamaytirish yoki to‘liq qora qilib qo‘yish. Bu kabi yechim yo‘lovchilar orasida maksimal izolyatsiyani ta’minlashi mumkin. Bundan tashqari, yo‘lovchilar o‘zining shaxsiy makoniga ega bo‘ladi.

Ikkinchi variant nomi Glassafe bo‘lib, shaffof kapsulani yodga soladi — u o‘rindiqlarning tepa qismiga o‘rnatiladi, o‘rindiqlar esa o‘z holicha qoladi. Konstruksiya yo‘lovchi atrofida izolyatsiyalangan makonni hosil qiladi va atrofdagilar bilan havo orqali aloqani kamaytirish imkonini beradi.

O‘rindiqlarga qotirish uchun bir necha jihozlar taklif qilinmoqda — kapsulani osonlikcha yechib tashlash yoki oldingidek qotirib qo‘yish mumkin. Shuningdek, plastik shaffofligi ham turli darajada bo‘lishi mumkin.

Ikkala konspet ham Avio Interios tomonidan patentlangan va ishlab chiqarishga tayyor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют