» » Yana 30 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda COVID-19’dan tuzalganlar soni 1096 nafarga yetdi

Yana 30 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda COVID-19’dan tuzalganlar soni 1096 nafarga yetdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida esa 13 nafar, jami 30 nafar bemor butkul sog‘ayganini xabar qildi.

Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 320 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 350 nafarga yetdi.

2020-yil 29-aprel 19:50 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 104 nafar bemor tuzalgan va sog‘ayganlarning soni 1096 nafarga yetgan. Tuzalganlar soni davolanayotganlarga nisbatan sezilarli darajada oshib ketgan.

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning umumiy soni 1969 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari ayni paytda 865 nafar bemor davolanmoqda.

Avval O‘zbekistonda koronavirusdan yana 74 nafar bemor sog‘aygani va tuzalganlarning umumiy soni 1066 nafarga yetgani hamda SSV COVID-19 bo‘yicha statistik tahlilni e’lon qilgani haqida xabarlar berilgandi. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют