» » Davlat soliq qo‘mitasi homiylar pandemiya davrida qanday imtiyozlarga ega bo‘lganini tushuntirib berdi

Davlat soliq qo‘mitasi homiylar pandemiya davrida qanday imtiyozlarga ega bo‘lganini tushuntirib berdi


O‘zbekiston Prezidenti 27-aprel, dushanba kuni, “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Farmonga ko‘ra, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojlar ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy shaxslarga beg‘araz beriladigan pul mablag‘lari va tovarlar (xizmatlar) foyda solig‘ini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi (15 foiz), QQSdan ozod etiladi (15 foiz) va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solish obyektiga kiritilmaydi (4 foiz). Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati bu qanday ishlashini tushuntirib berdi.

1-misol. Korxona tomonidan farmonda ko‘rsatilgan xayriya jamg‘armalari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy shaxslarga 100 million so‘mlik mablag‘ o‘tkazildi yoki oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Bunda, korxona foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda xarajatlarini 100 so‘mga oshiradi. Natijada korxona tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘i (100x0,15 foiz) 15 million so‘mga kamayadi.

2-misol. Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 500 million so‘mlik un mahsulotlari “Saxovat va ko‘mak” fondiga beg‘araz berildi. Ushbu fondga berilgan mahsulotlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydi. Natijada korxona QQS bo‘yicha (500x0,15 foiz) 75 million so‘m imtiyozga ega bo‘ladi.

3-misol. Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 30 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari “Mahalla” xayriya jamoat fondiga beg‘araz berildi. Ushbu fondga yo‘naltirilgan 30 million so‘mlik mahsulotlarga aylanmadan olinadigan soliq solinmaydi. Natijada korxona aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashda (30x0,4 foiz) 1,2 million so‘m imtiyozga ega bo‘ladi.

Tadbirkorlar uchun yengillik

PF-5978-sonli farmon bilan pandemiya faoliyatiga salbiy ta’sir qilgan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga 2020-yil 1-oktabrgacha ayrim soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etilgan edi.

Yangi farmon bilan foizsiz kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) taqdim etish muddati 2020-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi.

Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berilgan va kelgusida to‘lanadigan soliq summalarini to‘lash bo‘yicha muddatni mustaqil ravishda belgilashga haqli, biroq muddat ikki yildan oshmasligi lozim.

Bundan tashqari, lizing korxonalari tomonidan hisoblangan va kechiktirilgan lizing bo‘yicha foiz daromadlari summasi, foyda solig‘ini hisoblashda kechiktirish berilgan davrdagi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.

Agar lizing kompaniyasi kimgadir 1-oktabrgacha lizing bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish imkonini bergan bo‘lsa, u holda ushbu kechiktirish davrida lizing kompaniyasidan foizlar bo‘yicha foyda solig‘i olinmaydi.

Jismoniy shaxslar uchun imtiyozlar

Farmonga ko‘ra, jismoniy shaxslarning O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, “O‘zbekiston Mehr-shavqat va salomatlik” jamoat fondi, yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz yordam sifatida olgan daromadlari, agar ular mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘sa, jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi.

4-misol. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ro‘yxatiga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan moddiy yordam sifatida 1 million so‘m mablag‘ yoki oziq-ovqat berilgan. Fuqarolarning moddiy yordam tarzida olgan daromadlariga daromad solig‘i hisoblanmasligi sababli ushbu 1 million so‘m daromaddan fuqarolar 120 ming so‘m miqdorida imtiyozga ega bo‘ladi.

Farmon bilan 2020-yilda xodimga to‘lanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5-baravarigacha oshirildi.

5-misol. Korxona ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xodimlariga pandemiya sababli 2,2 million so‘mdan moddiy yordam berdi. Bunda, har bir xodimning moddiy yordam summasi bo‘yicha soliqqa tortilmaydigan daromadlari 2,2 million so‘mga ko‘payadi va daromad solig‘idan 267 ming so‘m imtiyozga ega bo‘ladi.

Jismoniy shaxslarga turar joylarni jismoniy shaxslarga va noturar joylarini koronavirus pandemiyasi davrida faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarga ijaraga berishdan olgan daromadlari bo‘yicha daromad solig‘ini foizsiz kechiktirib to‘lash huquqi berildi.

Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha to‘lanishi kechiktirilgan summa 2021-yil 1-aprelga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют