» » O‘zbekistonda karantin sababli faoliyati to‘xtagan 10 mingga yaqin korxonaning ishini qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilindi

O‘zbekistonda karantin sababli faoliyati to‘xtagan 10 mingga yaqin korxonaning ishini qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilindi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-aprel, chorshanba kuni, pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda karantin cheklovlarini yengillashtirish bo‘yicha dastlabki choralarni ma’lum qildi

Prezident 20-apreldagi yig‘ilishda virusdan xoli tuman va shaharlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda korxonalar faoliyatini tiklash bo‘yicha topshiriq berilganini ta’kidlab o‘tdi.

“Bunda, yana bir bor takrorlayman, shoshilmasdan, puxta o‘ylab, karantin qoidalariga to‘liq amal qiladigan korxonalar ishini tiklash lozim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu borada Namangan viloyatida faoliyatini to‘xtatgan yoki past quvvatda ishlayotgan 10 mingdan ziyod korxonadan 2854 tasining ishini tiklash bo‘yicha qaror qabul qilingan. Yana 851 tasining ishlashiga ruxsat berish masalasi o‘rganilmoqda.

Xorazm viloyatida 3350 ta ishlamayotgan korxonadan 448 tasining faoliyati tiklanadi, 409 tasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilmoqda.

Jizzax viloyatida ish quvvatini pasaytirgan 6 mingdan ziyod korxonadan 534 tasining faoliyatini tiklash bo‘yicha qaror qabul qilingan, 332 tasiga ruxsat berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Toshkent viloyatida ish hajmi keskin pasayib ketgan 14 mingta korxonadan 5399 tasining faoliyatini tiklash bo‘yicha qaror qabul qilingan, 2833 tasi bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.

“Bugun hokimlar va sektor rahbarlari o‘z hisobotida korxonalar faoliyatini tiklash bo‘yicha ishlarni qanday tashkil etgani va ularda karantin qoidalari to‘liq bajarilishini shaxsan kafolatlashi to‘g‘risida axborot berishi kerak”, — dedi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus aniqlanmagan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan topshiriq bergan edi. Prezident tomonidan 22-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshlagani ma’lum qilindi. 24-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda esa Farg‘ona va Qashqadaryodagi koronavirus xavfi past bo‘lgan hududlarda karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilishi aytilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют