» » Ozbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmatida ishlaydigan 11 ming xodimning ish haqi 2,5 baravarga oshirildi

Ozbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmatida ishlaydigan 11 ming xodimning ish haqi 2,5 baravarga oshirildi


Ozbekiston tibbiyot xodimlarining bugungi kunda koronavirusga qarshi olib borayotgan mashaqqatli va ota masuliyatli mehnatini munosib qadrlash va ragbatlantirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev yana bir muhim qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident 29-aprel, chorshanba kuni, bolib otgan yigilishda malum qildi.

Qarorga kora, sanitariya-epidemiologiya xizmatining qariyb 11 mingga yaqin barcha toifadagi tibbiyot xodimlarining ish haqi 2,5 baravarga oshirildi.

Umuman, karantin qoidalarini oz vaqtida joriy etganimiz va xalqimiz unga sabr-toqat bilan amal qilayotgani tufayli koplab tuman va shaharlarda infeksiya tarqalishiga yol qoymadik, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bugungi kunda mamlakat boyicha koronavirusga chalingan 1066 nafar yoki 55 foiz bemor toliq sogayganini alohida qayd etib otdi. Oxirgi 5 kunda 505 nafar bemor tuzalgan.

Qayd etilishicha, qolgan bemorlarni ham davolash yuzasidan mamlakatda amaliy yordam berayotgan 18 nafar xitoylik, germaniyalik, koreyalik shifokorlar hamda telemeditsina orqali boshqa yetakchi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilgan holda barcha zarur choralar korilmoqda.

Shuningdek, davlat rahbari kasallikka qarshi kurashga jalb qilingan xodimlar va karantin qoidalariga rioya qilayotgan aholiga ham minnatdorchilik bildirdi.

Qadrli yurtdoshlar!

Shu orinda konglimdagi bir fikrni jamoatchiligimiz, xalqimizga ochiq aytmoqchiman.

Mana, bir yarim oydan oshdiki, el-yurtimiz Uyda qoling degan davatga amal qilib, yuksak jasorat korsatib, yalpi karantin sharoitida yashamoqda. Oilam, bola-chaqam, deb tinib-tinchimaydigan, ertayu kech gayrat bilan mehnat qiladigan xalqimiz uchun bunday majburiy holat, albatta, oson kechayotgani yoq.

Yurtdoshlarimiz ogir sinov kunlarida chinakam sabr-toqat va masuliyat, mehr-oqibat fazilatlarini namoyon etyapti.

Buni jahon hamjamiyati ham tan olib, har tomonlama etirof etmoqda.

Fursatdan foydalanib, pandemiyaga qarshi kurashning oldingi saflarida chinakam qahramonlik korsatayotgan barcha shifokorlarimizga, shu jumladan, tez yordam xizmati xodimlari va haydovchilariga alohida minnatdorchilik bildiraman.

Shu jarayonda ozini ayamasdan xizmat qilayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlariga, mard va jasur harbiylarimizga, vazirlik va idoralar, hokimliklarning rahbarlari va xizmatchilariga, muhtaram nuroniylarimiz va mahalla faollariga, saxovatpesha tadbirkorlarimizga, olimlarimiz, oqituvchi va domlalar, ijodkor ziyolilarimiz, imom-xatiblarimizga chin dildan rahmat aytaman.

Hozirgi murakkab sharoitda oz professional burchini vijdonan bajarayotgan ommaviy axborot vositalari vakillariga, insonparvarlik namunasini korsatib, kongilli bolib volontyorlik harakatida qatnashayotgan fidoyi yoshlarimizga oz nomimdan, xalqimiz nomidan katta minnatdorchilik bildiraman.

Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Prezidenti

Prezident mazkur yigilishdaOzbekistonda karantin cheklovlarini yengillashtirish boyicha dastlabki choralarni malum qildi. Shuningdek,Ozbekistonda karantin sababli faoliyati toxtagan 10 mingga yaqin korxonaning ishini qayta tiklash boyicha qaror qabul qilingani malum boldi.

Shavkat Mirziyoyev22-aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakat aholisi bandligi masalalariga bagishlab otkazilgan videoselektor yigilishida hamOzbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga alohida minnatdorchilik bildirgan edi.

Eslatib otamiz,Ozbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlarning har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qoshimcharagbatlantirish tolovi belgilangan.Unga kora, vrach-xodimlarga, vrach-laborantlarga 25 million som; orta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga 15 million som; kichik tibbiyot xodimlariga 10 million som; boshqa xodimlarga 5 million som. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million somdan tolanadi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida ogir ahvolga tushgan va sogligi tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila azolariga esa 250 million som miqdorida bir martalik tolovlartolanadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-04-2020, 22:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 42) ( 0) ( 39) ( 3)
:
-
:
20 ... -