» » Shavkat Mirziyoyev: “Koronavirus pandemiyasi ko‘p masalalardagi xatolarni, jumladan, dehqon bozorlaridagi kamchiliklarni yaqqol ko‘rsatdi”

Shavkat Mirziyoyev: “Koronavirus pandemiyasi ko‘p masalalardagi xatolarni, jumladan, dehqon bozorlaridagi kamchiliklarni yaqqol ko‘rsatdi”


Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-aprel, chorshanba kuni, pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deya xabar bergan Prezident matbuot xizmati.

Yig‘ilishda mahsulot yetishtirishni oshirish, strategik zaxiralarni shakllantirish masalalari bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlashni ko‘paytirish ham muhokama qilingan.

Xususan, sut mahsulotlari importi hajmi 70 million dollardan oshgani, O‘zbekistonda to‘liq ishlab chiqarish imkoni bo‘lgan mayonez, tomat, konservalangan makkajo‘xori va no‘xat ham chetdan keltirilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Sutni qayta ishlash darajasi Xorazm, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida 10 foizga ham yetmasligi tanqidiy qayd etildi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va qayta ishlangan meva eksporti hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, ichki iste’mol talabidan ortiqcha meva-sabzavotlarni nobud qilmay, tashqi bozorlarga sotish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Koronavirus pandemiyasi ko‘p masalalardagi xatolarni, jumladan, dehqon bozorlaridagi kamchiliklarni yaqqol ko‘rsatdi. Shu bois hozirgacha bo‘lgan standartlarni qayta ko‘rib chiqish, dehqon bozorlarida davlat ishtiroki talabini bekor qilib, xususiy sektor ishtirokida zamonaviy dehqon bozorlari tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Strategik zaxiralarni shakllantirish borasida ham jiddiy kamchiliklar borligi ma’lum bo‘ldi. Masalan, 6 turdagi mahsulot bo‘yicha zaxira shakllantirilmagan. Bug‘doy esa, aksincha, zaruratga nisbatan 5 barobar ko‘p g‘amlangan.

Shu bois Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga strategik zaxiralar nomenklaturasi va hajmlarini tanqidiy ko‘rib chiqib, bu borada yangi tizim yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan agrosanoat tarmog‘i rahbarlari va hokimlarning hisoboti eshitildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют