» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2002 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2002 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 29-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 33 kishiga ko‘payib, 2002 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq 29-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 14 kishiga ko‘payib, 1969 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etish joiz, 28-aprel kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirusdan sog‘ayganlar soni (992 nafar) ayni vaqtda koronavirus infeksiyasidan davolanayotganlar sonidan (939 nafar) oshib ketdi. 29-aprel soat 23:00 holatida sog‘ayganlar soni (1096 nafar) bemorlar sonidan (898 nafar) ko‘proq.

Qayd etish joiz, O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют