» » O‘zbekistonliklarga kunning ma’lum vaqtida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishga ruxsat berildi

O‘zbekistonliklarga kunning ma’lum vaqtida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishga ruxsat berildi


O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilinib, quyidagi tartiblar joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra, 2020-yil 30-aprel kuni soat 06:00 dan:

Shuningdek, tumanlararo (shaharlararo), viloyatlararo va Toshkent shahriga kirib-chiqishda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarlarning barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalarida harakatlanishiga ichki ishlar organlari tomonidan mahsulotlarni tezkor va qulay yo‘nalishlar orqali o‘z manzillariga yetib borishiga ko‘maklashish belgilandi.

Jamoat joylari, bozorlar va ruxsat berilgan savdo xizmat shoxobchalarida hamda avtotransport vositalarida harakatlanish davomida barcha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tegishlicha sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30-mart soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgan edi. Faqat Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berilgan. Maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llanilib, avtotransport vositasi karantin oxirigacha jarima maydonchasida qoladi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda respublikada karantin davrida shaxsiy avtomobildan foydalanish tartibi yengillashtirilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют