» » AQSh vitse-prezidenti shifoxonaga tashrifi chog‘ida niqob taqishni lozim deb topmadi

AQSh vitse-prezidenti shifoxonaga tashrifi chog‘ida niqob taqishni lozim deb topmadi


AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens 28-aprel, seshanba kuni, Minnesota shtatidagi shifoxonaga tashrifi chog‘ida shifoxona talablariga zid ravishda koronavirusdan himoya qilish uchun niqob taqishni xohlamadi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Nega yonidagi hamrohlaridan farqli ravishda niqobdan foydalishni xohlamaganini so‘ragan jurnalistlarning savoliga Maykl Pens koronavirusga chalinmaganman, deya javob bergan.

VP Pence does not wear a mask during Tuesday’s visit to the Mayo Clinic, which is requiring all patients and visitors to wear a face covering or mask in effort to slow the spread of coronavirus. pic.twitter.com/qIddFN9UTW

— NBC News (@NBCNews) April 28, 2020

“AQSh vitse-prezidenti sifatida men doimiy ravishda koronavirus tekshiruvidan o‘taman, atrofimdagi odamlar ham xuddi shunday qilishadi. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari niqoblar bo‘yicha tavsiyalar berayotganda, koronavirus tashuvchilari shunday yo‘l bilan virusni boshqa odamlarga yuqishining oldini olishini tasdiqladi”, — deya uning so‘zlarini keltirgan CNN.

Avvalroq Donald Tramp aholiga niqob taqishni tavsiya qildi, lekin o‘zi bu tavsiyaga amal qilmasligini aytgandi. “Bu shunchaki tavsiya. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Shunchaki bu ishni qilishni istamayman. Kabinetda buyuk ‘Rezolyut’ stoli qarshisida niqob taqqan holda o‘tirib, prezidentlar, bosh vazirlar, diktatorlar, qirol va qirolichalarni qabul qilish… Bilmadim, bu men uchun emas”, — degandi AQSh prezidenti.

Mavzuga doir: AQShda koronavirusga chalinganlar soni 1 milliondan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют