» » Telefonda mukammal surat olish uchun maslahatlar

Telefonda mukammal surat olish uchun maslahatlar



Zoom’dan foydalanmang

Zamonaviy smartfonlarda eng minimal zumlashtirishdan foydalanish ham surat sifati keskin yomonlashishiga olib keladi. Unda shovqinlar paydo bo‘ladi va ravshanlik yo‘qoladi. Agar obyektni yaqindan suratga olmoqchi bo‘lsangiz, uning yoniga boring. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, zumsiz suratga tushiring, yakunda o‘zingizga kerakli fragmentni katta fotosuratdan kesib olish mumkin.

Gadjetingiz obyektivini tirnab olmaslikka urining, shuningdek, suratga olishdan oldin uni mato parchasi bilan yaxshilab artib tashlang.

Hatto professional fotosuratchilar ham bir necha martadan suratga tushiradi, ulardan namuna oling. Ketma-ket olingan suratlar ichidan eng maqbulini tanlab olib, qolganlarini o‘chirib tashlash mumkin.

Yaxshi suratlarni yaxshi yoritilgan joyda olish mumkin. Agar siz do‘stlaringiz bilan kichik fotosessiya uyushtirmoqchi bo‘lsangiz, buni kunduzi ko‘chada qilgan ma’qul. Shuningdek, yorug‘lik manbai obyektivdan oldinda bo‘lsa, HDR rejimini yoqishni unutmang. Ammo ochiq quyoshda va qop-qora soyada suratga olish yaramaydi, kontrast yorug‘liklardan ham nariroq turish zarur.

Kamera imkoniyatlaridan iloji boricha kengroq foydalaning. Smartfonlar kameralari sozlamalarida ko‘plab turli-tuman funksiyalar mavjud, ularni bemalol ishlating.

Photoshop va boshqa grafik redaktorlar yordamida shovqinlarni biroz silliqlashtirish, yorqinlik/kontrastlikni to‘g‘rilash, chiroyli effektlarni qo‘shish mumkin.

Suratga olish vaqtida qo‘llaringiz qaltiramasligiga e’tibor bering. Bu yerda hammasi tushunarli: “yuvilib ketgan” fotosuratlar hech kimga kerak emas.

Manba: “Galaxy-droid.ru”

Опубликовано: admin (18-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют