» » Angliyalik qizning tug‘ilgan kuniga pul sovg‘a qilishdi. U pullarni adashib axlatga tashlab yubordi

Angliyalik qizning tug‘ilgan kuniga pul sovg‘a qilishdi. U pullarni adashib axlatga tashlab yubordi


Angliyaning Shimoliy Yorkshir grafligi Yarm shahrida yashovchi ayolga chiqindixona xodimlari u adashib tashlab yuborgan pul solingan konvertni izlashga yordam berdi, deb yozadi TeessideLive.

21-aprel kuni Keyna Jekson 18 yoshga to‘ldi. Qizga ota-onasi karantin tugaganidan so‘ng sayohatga chiqishi uchun 450 funt sterling (560 dollar) sovg‘a qildi.

Tug‘ilgan kun sohibasi e’tiborsizlik qilib, pul solingan konvertni axlat chelakka tashlab yubordi. Oila ushbu holatdan xabar topganida kech bo‘lgan, pul tashlab yuborilgan chiqindi olib ketilgan edi.

Qizning onasi Lienn Best shahar kengashiga qo‘ng‘iroq qilib yordam so‘ragan.

“Menga qo‘llaridan kelgancha harakat qilishlarini, biroq hech narsa va’da qilmasliklarini aytishdi. Men xayolan pullar bilan xayrlashdim. O‘zimni bu shunchaki qog‘oz ekanligiga ishontirib, tinchlantirdim”, — deydi Lienn.

Voqeadan xabar topgan mahalliy chiqindi tashish xizmati xodimlari qizga yordam berishga qaror qildi. Bir necha soatdan so‘ng ular tashlab yuborilgan konvertni topishga muvaffaq bo‘lgan. O‘sha kuni kechqurun xodimlar qizning uyiga borib, yo‘qolgan sovg‘ani unga topshirgan. Oila xodimlarni qarsaklar bilan qarshi olgan.

“Ular pulni topish uchun tonnalab axlatni titgani tahsinga sazovor. Ularning mehnatini qadrlaymiz”, — deydi Best.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют