» » Tojikistonda fuqarolarga ism va familiyasini ruslashtirish taqiqlanadi

Tojikistonda fuqarolarga ism va familiyasini ruslashtirish taqiqlanadi


Tojikiston parlamentining quyi palatasi “Fuqarolik holatini dalolatnomalarga qayd etish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish” haqidagi hujjatni qabul qildi, unga ko‘ra fuqarolarga familiya va otasining ismida slavyancha qo‘shimchalardan foydalanish taqiqlandi. Hujjatga muvofiq yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ro‘yxatga olishda familiyalarda “-ov/-yev”, otasining ismida esa  “-ovich/-yevich” va “-ovna-/-yevna” qo‘shimchalaridan foydalanilmaydi.

“Bu boradagi istisno holatlar mamlakatda yashayotgan boshqa millat vakillarining qatlamiga nisbatan qo‘llaniladi, ularga familiya va otaning ismini qayd etishda erkin tarzda qo‘shimcha tanlash huquqi berilgan”,— degan deputatlar oldida ma’ruza qilgan Tojikiston adliya vaziri Muzaffar Ashuriyon.

Shuningdek, u ushbu o‘zgarish qonun imzolanganidan keyin tug‘ilgan chaqaloqlarga taalluqli ekanini ham qayd etdi. Vazirning aytishicha, hukumat taklif etgan o‘zgartishlar milliy ism-shariflarning qayta tug‘ilishga zamin hozirlaydi.

Avval familiya va otasining ismidagi slavyancha qo‘shimchalardan voz kechish tavsiyaviy xarakterga ega hisoblanardi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2007-yilda Rahmonov familiyasidan “-ov”ni olib tashlagan, shundan keyin mamlakatdagi amaldorlarning aksariyati uning ortidan borib, slavyancha qo‘shimchalardan voz kechgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют