» » Xalqaro mehnat tashkiloti koronavirus pandemiyasi tufayli 1,6 mlrd odam daromadidan mahrum bo‘lishi haqida ogohlantirdi

Xalqaro mehnat tashkiloti koronavirus pandemiyasi tufayli 1,6 mlrd odam daromadidan mahrum bo‘lishi haqida ogohlantirdi


Koronavirus pandemiyasi sabab kuzatilayotgan global inqiroz butun dunyoda iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat qiluvchi taxminan 1,6 milliard odamning daromaddan mahrum bo‘lishiga olib keladi. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tadqiqotida ma’lum qilingan.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, inqirozning dastlabki oyida butun dunyoda norasmiy ishlovchilar qatlamining daromadlari 60 foizga qisqargani kuzatilgan. Afrika va Amerikada ularning daromadlari 81 foizga qisqargan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 21,6 foizga, Yevropa hamda Markaziy Osiyoda 70 foizga qisqargan. XMT ishchilar va ularning oilalari daromadning boshqa manbasini topmasa, yashab qolishga qiynalishini qayd etgan.

Mutaxassislarning taxminiga bo‘yicha 1,6 milliard norasmiy iqtisodiyotda band bo‘lgan ishchilar dunyo bo‘yicha ishchi kuchining qariyb yarmini tashkil qiladi. XMTning qayd etishicha,  ishchilar faoliyatiga davlat tomonidan qo‘llanilgan karantin cheklovlari yoki ular band bo‘lgan sohaning pandemiyadan zarar ko‘rishi salbiy ta’sir qilgan.

Mehnat statistiklari 15-xalqaro konferensiyasida ham norasmiy mehnat sektori vakillariga uy xo‘jaliklari xususiyatiga ega korxonalar deb qarash lozimligini qayd etgan. Jumladan, ularning faoliyat qamrovi keng emasligi, tashkilot obro‘si ham baland emasligi, tashkiliy bozorlar va kredit tashkilotlaridan uzoqligi ta’kidlangan.

Avval XMT 2020-yilning ikkinchi choragida ish vaqti 6,7 foizga kamayishi va bu to‘liq stavkada ishlaydigan 195 million nafar odamning (haftasiga 48 soat ishlaydiganlar) qisqartirilishini anglatishini bildirgandi. Turli davlatlarda cheklov tartibining uzaytirilishi prognozni yana ham yomonlashtirdi. Endi XMT taxmini bo‘yicha ish vaqti 10,5 foizga kamayadi, ya’ni butun dunyoda 305 million nafar odam ishsiz qolishi mumkin.

Avvalroq Rossiyada koronavirus pandemiyasi tufayli ishsizlik darajasi 6 millionga yetishi mumkinligi, 2008—2009-yillarda kuzatilgan inqirozda ushbu xavfni yengib o‘tishda davlatning biznesni qo‘llab-quvvatlashi muhim rol o‘ynagani qayd etilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют