» » AQSh Suriyada arablardan iborat maxsus bo‘linmlarni tuza boshladi

AQSh Suriyada arablardan iborat maxsus bo‘linmlarni tuza boshladi


AQSh Suriyada Furot daryosining sharqida joylashgan neft konlarini himoya qiluvchi maxsus bo‘linma tashkil qila boshladi, deb xabar bermoqda Turkiyaning Anadolu agentligi.

Qayd etilishicha, maxsus kuchlar tarkibidan aksariyati Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) va Mudofaa bo‘linmalariga a’zo hisoblangan Suriya demokratik kuchlari (SDK) jangchilari bo‘lgan etnik arablar o‘rin oladi. Turkiya ularni terrorchilik tashkilotlari deb hisoblaydi.

Ushbu bo‘linma neft konlarini himoya qilishdan tashqari, Suriya prezidenti Bashar Asad hokimiyatini qo‘llab-quvvatlagan Eronning qurolli tuzilmalar hujumlarini qaytarishga tayyor turishi kerak.

Agentlikning ta’kidlashicha, ushbu vazifalarni bajarganlik uchun Amerika qo‘mondonligi har bir askarga oyiga 350 dollar to‘laydi. Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari va SDK saflaridagi Kurd mudofaa otryadlari a’zolariga esa atigi 100 dollardan beriladi.

Shuningdek, maxsus kuchlar jangchilari Suriya—Iroq chegarasi yaqinidagi Hasek viloyatida tayyorgarlikdan o‘tishi ma’lum. Unga mingga yaqin kishini jalb qilish rejalashtirilgan bo‘lib, ular to‘g‘ridan to‘g‘ri Amerika kuchlariga bo‘ysunadi.

Avvalroq Suriyada benzovoz portlashi oqibatida tinch aholi vakillaridan 40 nafari halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют