» » AQShda koronavirus qurbonlari soni 60 ming kishidan oshib ketdi

AQShda koronavirus qurbonlari soni 60 ming kishidan oshib ketdi


AQShda koronavirus qurbonlari soni 60 966 kishiga yetdi. Bu haqda kasallik haqidagi federal va mahalliy hukumat, OAV va boshqa manbalardagi ma’lumotlarni umumlashtirib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Avvalroq Oq uy mutaxassislari fuqarolar hukumat tomonidan o‘rnatilgan cheklov choralariga rioya qilsa, koronavirus qurbonlari soni 240 ming atrofida bo‘lishini taxmin qilgandi. Shundan so‘ng Tramp AQShda koronavirus oqibatida vafot etadiganlar 100 ming kishidan sezilarli darajada kam bo‘lishini e’lon qilgan. Aprel o‘rtalarida esa Tramp qurbonlar soni 60-65 ming atrofida bo‘lishini bildirgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 million kishidan oshgan, 120 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: AQSh vitse-prezidenti shifoxonaga tashrifi chog‘ida niqob taqishni lozim deb topmadi

Eslatib o‘tamiz, 27-aprel kuni Oq uyda o‘tkazilgan brifingda mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют