» » Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmadi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmadi


Janubiy Koreyada pandemiya boshlanganidan boshlab birinchi bor o‘tgan bir sutka davomida mamlakat ichida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha hech qanday holat qayd etilmadi. Qayd etilgan to‘rtta yangi holat ham chetdan kirib kelgan va karantin tekshiruvi vaqtida aniqlangan. Bu haqda Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markaziga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 10 765 kishiga yetgan, 9059 kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Mamlakatda COVID-19 qurbonlari soni 247 kishini tashkil etmoqda.

Janubiy Koreyada bir haftadan buyon bir sutkada taxminan o‘n nafarga yaqin kasallanish holati qayd etilmoqda, 24-aprel kuni ushbu ko‘rsatkich 6 kishiga tushgan edi. Kasallikka chalinish holatlari kamaya borayotgani sabab mamlakatda ijtimoiy masofalanish rejimi 5-mayga qadar uzaytirilgan. Bog‘lar va tabiat qo‘ynida dam olishga mo‘ljallangan joylar qayta ochilgan, sport, diniy va ko‘ngilochar muassasalarning cheklangan faoliyatiga ruxsat berilgan. Fuqarolardan oldingidek odamlar to‘planadigan joylardan qochish, zarurat bo‘lmasa uydan chiqmaslik va profilaktika chora-tadbirlariga rioya qilish so‘ralmoqda.

Avvalroq Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashda g‘alaba qozongan kam sonli davlatlar orasidan o‘rin olgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют