» » O‘zbekistonda taksi xizmatlariga yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berildi

O‘zbekistonda taksi xizmatlariga yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berildi


Respublika maxsus komissiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga muvofiq, 30-apreldan e’tiboran ayrim karantin cheklovlarini yengillashtirgani haqida avval xabar berilgan edi.

Jumladan, ish joyiga borib kelish, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda soat 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan, velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonliklarga kunning ma’lum vaqtida shaxsiy avtomobillarida harakatlanishga ruxsat berildi

Ayni vaqtda, ushbu tartibga rioya etmagan fuqarolar karantin talablarini buzgan deb hisoblanadi va javobgarlikka tortiladi. Ularning transport vositalari esa jarima maydonchasiga joylashtiriladi.

“Gazeta.uz”ning Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, ushbu o‘zgarishlar taksi xizmatlariga ham taalluqli. O‘z navbatida, taksi xizmatlari ham o‘z faoliyatlarini tiklagani, faqat kunning ma’lum vaqtlarida yo‘lovchi tashishini e’lon qilmoqda.

Ayni vaqtda, taksi agregatorlari yo‘lovchilarga har doim tibbiy niqob va qo‘lqop taqishni, shuningdek, antiseptik vositalardan tez-tez foydalanishni tavsiya qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют