» » Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 4 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 4 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana to‘rtta holat qayd etildi, shuningdek, 32 bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan, hech kim vafot etmagan. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning barchasi chetdan kirib kelgan bo‘lib, ular Shanxayda aniqlangan. Xitoyda koronavirus infeksiyasini chetdan kirib kelishi bilan bog‘liq jami 1664 ta holat qayd etilgan. Hozirda ularning 525 nafari shifoxonalarda qolmoqda, 13 nafarining ahvoli og‘ir. Bemorlarning 1139 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan, Xitoyda chetdan kirib kelgan bemorlarning birortasi vafot etmagan.

“Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mamlakatning 31 ta provinsiyasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 82 862 kishini tashkil etgani to‘g‘risida ma’lum qildi. Hozirda kasallarning 619 nafari davolanmoqda (41 nafarining ahvoli og‘ir), 77 610 kishiga shifoxonadan javob berilgan, 4633 nafari vafot etgan”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq xitoylik tadqiqotchilarning koronavirusga qarshi vaksinasi makaka maymunlarida muvaffaqiyatli natija bergani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, AQSh Xitoyni COVID-19’ga qarshi antitanani aniqlovchi sifatsiz testlar yetkazib berganlikda ayblagan. Xitoy tashqi ishlar vaziri esa BRIKS davlatlarini JSSTni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan edi. Shuningdek, mamlakat JSSTga qo‘shimcha 30 mln dollar ajratishi ma’lum bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют