» » Nyu-Yorkda ichida o‘nlab chiriyotgan jasad bo‘lgan yuk mashinasi topildi

Nyu-Yorkda ichida o‘nlab chiriyotgan jasad bo‘lgan yuk mashinasi topildi


Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi dafn byurosi yaqinida ichida o‘nlab chiriyotgan jasad bo‘lgan yuk mashinasi topildi, deb xabar qiladi The New York Times.

Nyu-York AQShda koronavirus epidemiyasining markaziga aylangan. Kundan kunga kasallikka chalinish holatlarida kamayish kuzatilayotgan bo‘lsa-da, kunlik qurbonlar soni hukumat vakillarini vahimaga solib qo‘ygan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29-aprel kuni taxminan soat 11:00 larda politsiyaga qo‘shni uyda istiqomat qiluvchilardan avtomobildan yoqimsiz hid kelayotgani to‘g‘risida shikoyat kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari yuk mashinasi ichidan chiriyotgan o‘nlab jasadlarga duch kelgan.

Ta’kidlanishicha, yuk mashinasi ichidan topilgan jasadlarning qanchasi koronavirus oqibatida vafot etgani noma’lum. Amaldorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, dafn byurosi muzlatuvchi kameralari ishlamay qolganidan so‘ng, jasadlarni yuk mashinasida saqlagan.

Hozirda politsiya mazkur holat bo‘yicha tergov ishlarini olib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus qurbonlari soni 60 ming kishidan oshib ketgan bo‘lib, ularning 18 mingdan ortig‘i Nyu-York hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavzuga doir: Tramp AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют