» » AQSh davlat kotibi KXDRda koronavirus tarqalishi va ocharchilik boshlanishi mumkinligini taxmin qildi

AQSh davlat kotibi KXDRda koronavirus tarqalishi va ocharchilik boshlanishi mumkinligini taxmin qildi


KXDRda koronavirus tarqalishi hamda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan yetishmovchilik xavfi mavjud. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoga tayanib, Fox News xabar berdi.

“Ularda ham koronavirus tarqalish xavfi mavjud. Shuningdek, real xavf ham mavjud bo‘lib, Shimoliy Koreyada oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi sabab ocharchilik sodir bo‘lishi mumkin”, — deydi Pompeo. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh KXDRdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, chunki u mamlakatning denuklearizatsiya borasidagi rejalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, Pompeo AQSh administratsiyasi KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i borasida biror ma’lumotga egami, degan savolga ham javob qaytargan: “Biz uni ko‘rmadik. Bugun aytadigan boshqa gapimiz yo‘q”. Shu bilan birga, u Vashington Shimoliy Koreyadagi vaziyatni kuzatib borayotganini qayd etgan.

Avvalroq CNN telekanali AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Daily NK’ning yozishicha, Kim Chen Inda 12-aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar xato ekanligini bildirib, CNN’ga doim ham ishonavermasligini aytgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют