» » Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni 21 ming kishidan oshib ketdi

Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni 21 ming kishidan oshib ketdi


Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni doimiy ravishda ortib bormoqda va pandemiya boshlangandan beri 21,4 ming kishidan oshdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Bu haqda 29-aprel kuni Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilingan.

“Qirollikda so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 1 325 ta holat qayd etilib, pandemiya boshlanganidan beri kasallanganlar soni 21 402 kishigacha oshdi. Sutka davomida yana 5 nafar bemor vafot etib, qurbonlar soni 157 kishiga yetdi. Sog‘ayganlar soni ayni paytda 2 953 kishini tashkil qilmoqda”, — deb qayd etgan mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Saudiya Arabistoni koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha arab mamlakatlari orasida hali ham birinchi o‘rinda turibdi. Biroq o‘tgan hafta Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz as-Saud 26-apreldan 13-mayga qadar Makka va izolyatsiyadagi bir qator tumanlardan tashqari qolgan barcha mintaqalarda komendantlik soatini qisman bekor qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat mart oyining boshlarida aniqlangan. Infeksiya Bahrayn orqali Erondan kelgan podshohlik fuqarosida aniqlangandi. Mamlakatda 23-martdan boshlab shaharlar aholisining harakatlanishiga taqiq kiritilgan bo‘lib, kechki soat 19:00 dan ertalabki soat 06:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilgan va u 21 kun davomida amalda bo‘lishi belgilangan. Xalqaro aviaparvozlar vaqtincha to‘xtagan, sport tadbirlari ham bekor qilingan.

Saudiya Arabistonidagi islom olamining asosiy ziyoratgohlari — Makkadagi Al-Harom va Madinadagi Nabaviy Masjidi Ramazon oyida ham yopiq bo‘lishi ma’lum qilingandi. Saudiya Arabistoni Ulamolar kengashi butun dunyodagi musulmonlarni Ramazon oyi davomida barcha namozlarni, jumladan, taroveh namozini ham uyda o‘qishga chaqirgan.

Mavzuga doir: Saudiya Arabistonida koronavirusga chalingan ayol sog‘lom chaqaloqni dunyoga keltirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют