» » JSST Rossiyadan Tojikiston va Turkmanistonda epidemiyaga qarshi kurashish borasida yordam so‘radi

JSST Rossiyadan Tojikiston va Turkmanistonda epidemiyaga qarshi kurashish borasida yordam so‘radi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge “Rospotrebnadzor” (Rossiya) rahbari Anna Popovaga murojaat qilib, Tojikiston va Turkmanistondagi missiyada yordam berishni so‘radi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Sizdan ekspert missiyasining ishida ishtirok etish uchun markazingiz mutaxassislarini jalb etishda yordam ko‘rsatishingizni so‘ramoqchiman”, — deydi Klyuge.

Ta’kidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus rasman qayd etilmagan bo‘lsa-da, atipik pnevmoniyadan vafot etayotganlar soni ko‘payib bormoqda. Klyuge bu borada Rossiyaning texnik va siyosiy nuqtayi nazardan yordami muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

“Meni ushbu mamlakatlardagi mavjud vaziyat juda xavotirga solmoqda”, — deydi JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari.

Klyuge Rossiyadan Tojikiston va Turkmaniston yetakchilariga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda JSSTning tavsiyalariga jiddiy yondashishlarini yetkazib qo‘yishini so‘ragan. Bundan tashqari, JSST vakili koronavirusga qarshi vaksinalar yaratish borasidagi ma’lumotlar uchun rossiyalik hamkasblariga minnatdorchilik bildirgan.

Avvalroq Turkmanistonda JSST missiyasi oldidan koronavirusga chalingan bemorlar boshqa kasalxonalarga yashirilishi ma’lum bo‘lgandi. Tojikistonda esa pnevmoniyadan to‘rt bemor vafot etgani xabar qilingan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari orasida hozirga qadar Tojikiston va Turkmanistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat rasman e’lon qilinmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlaridan iborat guruh shu hafta Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyurib, brifing o‘tkazadi va tahlil bo‘yicha vaziyat qanday ekani borasida rasmiy ma’lumot beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют