» » Jizzaxda Matiz haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida o‘zi va 13 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana 4 kishi jarohat oldi

Jizzaxda Matiz haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida o‘zi va 13 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana 4 kishi jarohat oldi


Jizzax viloyatidan o‘tgan Toshkent—Termiz yo‘nalishli M-39 yo‘lida harakatlanib kelayotgan Matiz avtomobili avariyaga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29-aprel kuni soat 18:00 larda Paxtakor tumanida 25 yoshli B.E. Matiz avtomashinasini boshqarib ketayotib, uxlab qolgan. Oqibatda mashina yo‘lning o‘ng chetiga chiqib, ag‘darilib ketgan.

Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida B.E. va avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 13 yoshli Z.E. hodisa joyida halok bo‘lgan.

Avtomobil salonida bo‘lgan boshqa yo‘lovchilar — 35 yoshli M.M., 14 yoshli U.E., 12 yoshli A.E. va 6 yoshli S.E. tibbiyot birlashmasiga turli tan jarohatlari bilan yotqizilgan.

Mavzuga doir: Jizzaxda yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida uning ayoli va farzandi halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” (Odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют