» » COVID-19’ga qarshi vaksina yaratgani taxmin qilinayotgan Gilead kompaniyasi aksiyalarining narxi 7 foizga oshdi

COVID-19’ga qarshi vaksina yaratgani taxmin qilinayotgan Gilead kompaniyasi aksiyalarining narxi 7 foizga oshdi


AQSh biofarmasevtik kompaniyasi Gilead Sciences aksiyalarining narxi 29-aprel holatiga ko‘ra, 7,09 foizga, ya’ni 84,25 dollarga oshdi. Kompaniya ishlab chiqqan preparat koronavirusni davolashda qo‘llanadigan vaksina bo‘lishi mumkin.

Oq uyda o‘tgan rasmiy brifingda AQSh allergiya va yuqumli kasalliklar Milliy instituti (NAID) vakili Entoni Fauchi COVID-19’ni davolashda remdesivir ijobiy natijalar ko‘rsatganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: 

Tadqiqotda butun dunyo bo‘yicha mingdan ortiq bemor ishtirok etgan. Yangi dorining samaradoriligi platsebo bilan davolashga qiyoslanmoqda.

“Preparatni qabul qilgan bemorlar o‘rtacha 11 kun ichida sog‘aygan, platseboni qabul qilgan kishilar esa 15 kunda tuzalgani haqida ma’lumotlar bor”, — degan Fauchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra ayrim bemorlar uchun davolash davri 5 kun ichida yakuniga yetmoqda. Preparat tomchi dori tarzida yuboriladi va virusning genetik materialini ko‘paytiruvchi funksiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.

Kompaniya vakillari preparatning hali litsenziya olmagani va dunyoning hech bir mamlakatida ro‘yxatdan o‘tmaganini qayd etgan. Shuningdek, uning koronavirusni davolashda salbiy jihatlari bor yoki yo‘qligi haqida ham ma’lumotlar berilmagan.

Mavzuga doir: 

Gilead yaqin vaqt ichida tadqiqot bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berilgan taqrizni ilmiy jurnallardan birida nashr qiladi.

Remdesivirning koronavirusni davolashda samaradorligi haqidagi xabar AQSh qimmatli qog‘ozlar bozoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 30-aprel Toshkent vaqti bilan 00:30 holatiga ko‘ra S&P 500 bozorining indeksi 3,15 foizga, ya’ni 2953,63 pog‘onaga o‘sgan, Dow Jones sanoat indeksi esa — 2,61 foiz — 24 729,79 punktga, Nasdaq Composite — 3,96 foiz — 8948,45 punktgacha o‘sgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют