» » “200 nafar quruvchi bilan ko‘makka shoshgan Qashqadaryo hokimi va xalqiga rahmat”. Buxoro hokimi qo‘shni viloyatlarning insonparvarlik yordami haqida gapirdi

“200 nafar quruvchi bilan ko‘makka shoshgan Qashqadaryo hokimi va xalqiga rahmat”. Buxoro hokimi qo‘shni viloyatlarning insonparvarlik yordami haqida gapirdi


Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etishda yordam qo‘lini cho‘zayotgan viloyat hokimlari haqida gapirdi.

“Sinovli kunlarda birinchilardan bo‘lib, 200 nafar quruvchi bilan beminnat ko‘makka shoshilgan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev va tanti xalqiga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Afsuski, karantin cheklovlari sabab bu ko‘mak guruhi Buxoro chegarasidan Qashqadaryoga qaytarilgan va maxsus ko‘rikdan o‘tkazilgach, ruxsat etilishi nazarda tutilgan. Shunga qaramay bu bizga, buxoroliklarga katta kuch va madad bag‘ishladi. Shu o‘rinda, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Surxondaryo viloyati rahbarlariga, shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyatiga Buxoro xalqi nomidan tashakkurimni bildiraman. ‘Do‘st kulfatda bilinadi’, deganlaridek beg‘araz ko‘mak va yordamga oshiqayotganlar bisyor. Mana shunday kunda bizni suyab, qo‘llaydigan el bor ekan, Olot va Qorako‘l jamoli oldingidan-da, ko‘rkamlashadi”, — deydi Karim Kamolov.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev — Buxoroga yopirilgan shamol haqida: Bunday tabiiy ofat ilgari kuzatilmagan

Buxoro hokimligi axborot xizmati rahbari Olim Jo‘rayevning ma’lumot berishicha, ayni kunda viloyatga insonparvarlik yordami kelishda davom etmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 29-aprel kuni viloyatga Samarqanddan Olot va Qorako‘l tumanlari aholisi uchun ikki ming dona shifer, o‘n tonna kartoshka, to‘rt tonna sabzi, to‘rt tonna piyoz va ikki tonna o‘simlik moyi insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan.

Ayni kunda Olot va Qorako‘l tumanlarida zararlangan turar joylar va infratuzilma obyektlarini ta’mirlash, aholi yashash joylarini tiklash va tuzatish ishlari bajarilmoqda.

“Sodir bo‘lgan tabiiy ofat odamlarni yana bir karra jipslashtirdi. Inson tabiat hodisasi oldida ojiz bo‘lsa-da, uning oqibatlarini bartaraf etishga qodir. Ayniqsa, odamlarning yakdilligi, bir-birini qo‘llab-quvvatlashi bizga kuch bermoqda. Hududda hamma bunyodkorlik va obodonlashtirishdek xayrli ishga ulush qo‘shishga chog‘langan. Odamlarning qo‘li-qo‘liga tegmayapti. Zahmatkash xalqimiz bilan hademay, qisqa fursatda hammasi o‘z holiga qaytishi, shubhasiz”, — deb qo‘shimcha qildi Karim Kamolov.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel, seshanba kuni, Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarida bo‘lib, hududda 27-aprel kuni kuzatilgan tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirgandi. O‘sha uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev “Hech qanday zarar bo‘lmaydi... Ikkala tumanni ham yangilab olamiz. Romitanni yangi qilgandik, undan ham yangi qilamiz. Olotda ham eski shiferlar... Mayli, buning ham ketgani — ulug‘ ayyom kunlarida sadaqa deydi — sadaqa bo‘lsin-da, hammasini yangilab beraman”, degandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют