» » “Oskar” qoidalariga o‘zgartirish kiritildi. Kinoteatrlarda namoyish etilmagan filmlar ham mukofotga da’vogarlik qila oladi

“Oskar” qoidalariga o‘zgartirish kiritildi. Kinoteatrlarda namoyish etilmagan filmlar ham mukofotga da’vogarlik qila oladi


“Oskar” mukofoti tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sabab filmlarni tanlab olish qoidasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qaror qabul qildi. Nomzodlarni tanlab olish jarayonida vaqtincha faqat onlayn ravishda namoyish etilgan kartinalar ishtirok etadi. Bu haqda Amerika kinosan’ati akademiyasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, avvalroq kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan, biroq dastlab tijoriy striming yoki VOD-platfomada (so‘rov bo‘yicha video) namoyish etilgan filmlar “Yilning eng yaxshi filmi” nomiga da’vogarlik qilishi mumkin.

Buning uchun kartina egalari kinoakademiya a’zolariga film onlayn taqdim etilganidan boshlab 60 kun ichida uning nusxasini maxsus himoyalangan sayt orqali tomosha qilishlari uchun topshirishi kerak.

“Film tanlovning qolgan barcha talablariga javob berishi kerak”, — deyiladi xabarda.

Bunga qadar “Oskar” mukofoti faqatgina Los-Anjelesdagi (Kaliforniya) har qanday tijoriy kinoteatrlarda hech bo‘lmasa bir hafta namoyish etilgan filmlar da’vogarlik qilishi mumkin edi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bu kabi yengillik “Oskar”ning 2021-yil 28-fevraldagi marosimiga tegishli bo‘lib, kinoteatrlar ochilgach, qoidalar yana o‘z holiga qaytariladi.

Shuningdek, kinoakademiya yana bir qator yangiliklarni joriy etdi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют