» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan homilador ayollar uchun qanday sharoitlar yaratilgan? SSV javob berdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan homilador ayollar uchun qanday sharoitlar yaratilgan? SSV javob berdi


O‘zbekistonda homilador yoki tuqqan ayollar koronavirus infeksiyasiga gumon qilinsa, qanday yo‘l tutiladi? Shunday holatlarda qayerga murojaat qilish kerak? Ularning davolanish tartibi qanday bo‘ladi? Shu kabi savollarga Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Barno Abdusamatova javob berdi.

Uning aytishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan birgalikda alohida milliy klinik qo‘llanma ishlab chiqqan bo‘lib, shu asosida davolash ishlari olib boriladi.

Hozirgi kunda respublika bo‘yicha COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan homilador ayollar uchun 740 shifo-o‘ringa ega 14 ta tug‘ruq komplekslar, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan homilador ayollar uchun esa 360 shifo-o‘ringa ega bo‘lgan 13 ta tug‘ruq komplekslari yaratilgan.

“Shu o‘rinda aytish kerakki, homilador ayollarda quruq yo‘tal, tana haroratining ko‘tarilishi, nafas qisilishi, holsizlik, ishtaha yo‘qligi, mushaklarda og‘riq alomatlari paydo bo‘lganda uydan chiqmagan holda yashash manzillaridagi uchastka shifokoriga yoki ayollar maslahatxonalariga murojaat qilishlari zarur. Karantin davrida homiladorlar shoshilinch holatlardan tashqari shifokorlar maslahatlashuvlarini masofaviy aloqa (telefon, videoaloqa va boshqalar) orqali o‘tkazishlari tavsiya etiladi”, — deydi Barno Abdusamatova.

Mavzuga doir: Homilador ayollar koronavirusdan qanday saqlanishi kerak?

Homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlansa va u muddatiga yetmagan bo‘lsa, homiladorlik davom ettiriladimi?

Barno Abdusamatovaning ta’kidlashicha, bu eng avvalo, ona ahvolining og‘irligi, homilaning yashab ketishi va sog‘lomligi kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Agar koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgan homilador ayolning ahvoli og‘ir yoki o‘ta og‘ir deb baholanadigan bo‘lsa, unda diagnostik mezon va xalqaro tibbiy tavsiyalarga muvofiq, hayotiy ko‘rsatmalarga ko‘ra, homiladorlik muddatiga qaramay tug‘dirishni amalga oshirish kerak. Ammo hozirgi kunda koronavirus infeksiyasiga chalingan homilador ayollarda bu kasallik homila uchun jiddiy asoratlar xavfi yuqoriligi to‘g‘risida hech qanday dalillar mavjud emas.

COVID-19 infeksiyasiga chalingan ayolda homiladorlik muddatiga yetgan bo‘lsa, tug‘ruq usulini tanlash akusherlik ko‘rsatmalari asosida individual amalga oshiriladi. JSST kesarcha kesishni faqatgina tibbiyot nuqtayi nazaridan o‘rinli deb topilgandagina o‘tkazishni tavsiya etadi.

Mavzuga doir: Karantin sababli yopilgan Respublika perinatal markazi may oyida ochilishi mumkinligi aytildi

Infeksiya onadan bolaga o‘tadimi?

“Tug‘ruq murakkab jarayon. Ayrim yuqumli kasallikka chalingan onalarning farzandida onadagi infeksiyalar bo‘lmasligi mumkin. Ammo koronavirus butun dunyo shifokorlari uchun ham kutilmagan kasallik bo‘ldi. To‘g‘ri, koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgan homilador ayoldan tug‘ilgan bolaga infeksiya o‘tadimi, degan savol har bir ayolning xayolidan o‘tishi tabiiy. Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda koronavirus infeksiyasi o‘tgan holatlar nisbatan kam qayd etilgan, agar ushbu infeksiya bolaga o‘tgan taqdirda ham, barcha holatlar yengil shaklda kechgan”, — deydi SSV boshqarma boshlig‘i.

Uning aytishicha, kasallangan homilador ayoldan tug‘ilgan chaqaloq, u tug‘ilgandan so‘ng 12—24 soat o‘tgach, albatta, koronavirus infeksiyasiga tekshiriladi. Natijalarni tasdiqlash uchun takroriy test 24 soatdan keyin amalga oshiriladi. Tekshiruv uchun biomaterial sifatida burun-halqum yoki og‘iz-halqumdan surtma olinadi.

Koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgan ona o‘z bolasini ko‘krak suti bilan oziqlantirishi mumkinmi?

“Hammamizga ma’lumki, ona suti turli kasalliklarni chaqiruvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy bo‘ladi. Ya’ni, u bolada immunitet tizimining shakllanishida qatnashadi. Undagi immunoglobulinlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni turli infeksiyalardan himoya qiladi, onadan bolaga immunitet o‘tishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham, JSST koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgan onaning salomatlik holatiga qarab emizishga ruxsat berilishini tavsiya etadi. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, virus onadan bolaga havo-tomchi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot yo‘li orqali o‘tishi mumkin. Va shu sababli onalar chaqaloqlarni parvarishlash va emizish jarayonida niqobdan foydalanishlari, uni ishlatishdan oldin va keyin qo‘llarini yaxshilab yuvishlari hamda xonadagi barcha buyumlarni xlorli eritmalar bilan dezinfeksiyalab turishlari shart”, — deb ta’kidlab o‘tdi Barno Abdusamatova.

O‘zbekistonda 30-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 2017 nafarga yetdi. Bunda sog‘ayganlar soni kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi. Koronavirusdan sog‘ayganlar orasida homilador va yaqinda farzandli bo‘lgan ayol ham bor.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют