» » Toshkent shahar IIBB shaxsiy avtomobilda harakatlanishga ruxsat etilishi munosabati bilan haydovchilarga murojaat qildi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy avtomobilda harakatlanishga ruxsat etilishi munosabati bilan haydovchilarga murojaat qildi


O‘zbekistonda karantin sababli shaxsiy avtomobillardan foydalanishga qo‘yilgan cheklov 30-aprel kunidan boshlab yengillashtirilgani haqida xabar berilgan edi. 30-aprel kunidan boshlab soat 07:00 dan 10:00 gacha va soat 17:00 dan 20:00 gacha barcha turdagi yengil avtomashinalar yo‘lovchilari bilan birga ish joylariga borish, zaruriy dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun harakatlanishi mumkin.

Toshkent shahar IIBB avtomobillarning harakatlanishi ruxsat berilishi munosabati bilan haydovchilardan mashinalarda harakatlanishdan oldin ularning to‘liq va yaxshi ish holatda ekanligiga ishonch hosil qilishni so‘radi.

Xususan, Toshkent shahar IIBB avtomobilning texnik holatini tekshirishda dvigatel, tormoz va boshqaruv tizimi, yordamchi jihozlar (tozalagichlar yorug‘lik va ovoz signallar), shinalar hamda davlat raqamlariga alohida e’tibor berishni so‘ragan.

Yoqilg‘i va boshqa suyuqliklar holatini tekshirish va sizib chiqmayotganligiga, ogohlantirish belgisi borligiga ishonch hosil qilish kerak.

“Yodingizda bo‘lsin, texnik nosozlik bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish yo‘l harakati qoidalari tomonidan taqiqlangan.

Yo‘llarda keskin harakatlanmang va qayrilmang, asta qo‘zg‘alib sekin to‘xtang, asta-sekin tezlikni oshiring hamda pasaytiring. Yo‘l harakati, ob-havo va yo‘l belgilari talablari asosida harakatlaning. Yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya qiling va harakat vaqtida e’tiborli bo‘ling.

Yodingizda tuting, siz, sizning yo‘lovchilaringiz hamda boshqa harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘i va hayoti sizning yo‘llardagi harakat madaniyatingizga bog‘liq.

E’tiboringizni shunga qaratmoqchimizki, respublika maxsus komissiyasi belgilagan vaqtdan tashqari transport vositalarida harakatlanish karantin qoidalarini buzishga olib keladi”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30-mart soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgan edi. Faqat Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berilgan. Maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llanilib, avtotransport vositasi karantin oxirigacha jarima maydonchasida qoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют