» » Angliya Premyer Ligasining eng qimmat klublari ma’lum bo‘ldi. “Tottenhem” 2,5 mlrd funtga baholanmoqda

Angliya Premyer Ligasining eng qimmat klublari ma’lum bo‘ldi. “Tottenhem” 2,5 mlrd funtga baholanmoqda


Liverpul universitetining menejment maktabi (ULMS) Angliya Premyer Ligasining eng qimmat klublarini ma’lum qildi.

Chempionatning eng qimmat klubi sifatida “Tottenhem” e’tirof etildi. “Shporlar” 2,5 milliard funtdan ortiqqa baholangan. Ikkinchi o‘rinni “Manchester Siti” (deyarli 2,2 milliard funt) band etgan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” (deyarli 2,1 milliard funt) bu borada uchinchi bo‘ldi.

Faqatgina shu uch klub 2 milliard funtlik dovondan o‘ta olgan. APLning eng arzon klubi sifatida “Bornmut” topilgan. Uning bahosi 99 million funtni tashkil etmoqda.

“Tottenhem” 2018/19-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgani va chempionatda kuchli to‘rtlikdan o‘rin olgani uchun Angliyaning eng qimmat klubi deb topildi. Shu bilan birga jamoaning maoshga ajratadigan mablag‘i 100—150 million funtni tashkil etadi. Bu kuchli oltilik klublari orasida eng kami hisoblanadi.

Shu tariqa ular qolganlarga qaraganda ko‘proq foyda oldi, bu esa jamoaning reytingdagi o‘rnida o‘z aksini topdi”, — deydi mazkur tadqiqotni olib borgan ULMS mutaxassisi Kiran Maguayr.

“Tottenhem”ning daromadi 2018/19-yilgi mavsumda 21 foizga o‘sgan. Klub budjetining 39 foizini maoshlarga sarflaydi. Solishtirish uchun, mazkur ko‘rsatkich “Lester”da 84 foizga teng.

Shu bilan birga londonliklar yangi futbolchilar transferiga 22 million funt sarflagan, bu borada faqat “Uotford” (21 million funt) “Tottenhem”dan kamroq pul ishlatgan. Shuningdek, “shporlar”ning narxi oshishida yangi stadionning ham katta o‘rni bor.

Bir yil avvalgi ro‘yxatda “Tottenhem” uchinchi o‘rinda qayd etilgandi. O‘shanda klub 1,8 milliard funtdan ko‘proqqa baholangandi.

Premyer Liganing eng qimmat o‘nta klubi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют