» » Kentukki gubernatori Tupak Shakurdan kechirim so‘radi. Reperning adashi ishsizlik nafaqasiga ariza berganida u buni hazil deb o‘ylagandi

Kentukki gubernatori Tupak Shakurdan kechirim so‘radi. Reperning adashi ishsizlik nafaqasiga ariza berganida u buni hazil deb o‘ylagandi


AQShning Kentukki shtati gubernatori Endi Besher ishsizlik nafaqasini olishga berilgan arizalar aslida ishsiz bo‘lmagan fuqarolarning harakatlari sabab kechikayotganidan nolidi, deb yozadi Meduza.

Besher shunday fuqarolardan biri o‘zini Tupak Shakur deb tanishtirganini aytib o‘tgan. Gubernator minglab odamlarni kutishga majburlamaslik uchun bunday qilmaslikni tayinladi.

Biroq ma’lum bo‘lishicha, Tupak Shakur ismli shaxs haqiqatan ham ariza bergan hamda u taniqli reperning adashi.

Shakur Kentukkining Leksington shahrida yashaydi. U avval oshpaz bo‘lib ishlagan, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli u ishsiz qolgan.

Shakur so‘nggi pulini to‘lovlarga sarflagan, shuning uchun ishsizlik nafaqasiga ariza bergan edi. U arizasini hazil deb o‘ylashlarini xayoliga ham keltirmagandi. Bu yangilik uni hayratga solgan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach Kentukki gubernatori Tupak Shakurning chindan ham ishsizligidan xabar topdi, unga qo‘ng‘iroq qilib uzr so‘radi.

Shakur siyosatchini kechirgan hamda uning qanday katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishini tushunishini aytib o‘tgan. “Xatolar bo‘lib turadi”, — deydi Shakur.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют