» » Tojikistonda 15 kishi koronavirusga chalingani ma’lum qilindi

Tojikistonda 15 kishi koronavirusga chalingani ma’lum qilindi


Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda 15 kishida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. Kasallanganlarning 10 nafari So‘g‘d viloyatida, 5 nafari esa Dushanbe shahrida qayd etilgan. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasining oldini olish bo‘yicha respublika shtabi qaroriga asosan Tojikiston oliy o‘quv yurtlarining 1—3-kurs talabalari 4-maydan boshlab yozgi ta’tilga chiqariladi. Ularga avvalgi reyting natijalariga qarab baho qo‘yiladi. Oily o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa o‘z imtihonlarini 15-maygacha topshirishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, shtab qaroriga asosan Tojikistonda niqob taqish fuqarolar uchun majburiy etib belgilangan.

Avvalroq Tojikistonda koronavirusga chalinish holati qayd etilgani rasman e’lon qilinishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakatda barcha futbol uchrashuvlari to‘xtatilgan.

Mavzuga doir: JSST Rossiyadan Tojikiston va Turkmanistonda epidemiyaga qarshi kurashish borasida yordam so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют