» » PSJ — Fransiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi g‘olibi. “Lion” 23 yildan beri ilk bor Yevrokuboklarsiz qoldi

PSJ — Fransiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi g‘olibi. “Lion” 23 yildan beri ilk bor Yevrokuboklarsiz qoldi


Koronavirus pandemiyasi sabab muddatidan avval yakunlangan futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining joriy mavsumi sovrindorlari qay tariqa aniqlanishi ma’lum bo‘ldi.

Liga qaroriga ko‘ra, 28-turga kelib to‘xtab qolgan musobaqaning hozirgi ko‘rinishi yakuniy holat sifatida olingan.

Shu tariqa 27 o‘yinda 68 ochko to‘plagan PSJ Liga 1 musobaqasi 2019/20-yilgi mavsumi chempioni bo‘ldi.

Keyingi ikki o‘rinni egallagan “Marsel” va “Renn” jamoalari parijliklar bilan birgalikda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. “Lill” (4-o‘rin), “Reyms” (5) va “Nitssa” (6) klublari esa Yevropa Ligasida o‘ynaydi. So‘nggi o‘rinlarni olgan “Amyen” va “Tuluza” musobaqani tark etadi.

Ta’kidlash joiz, 7-o‘rinda qolib ketgan “Lion” 1997-yildan beri ilk bor Yevrokuboklarda qatnashmaydi.

Liga 1 musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют