» » Koronavirus sababli O‘zbekistonda OTMlardagi bitiruv imtihonlari onlayn o‘tkaziladi, kirish imtihonlari soddalashtiriladi

Koronavirus sababli O‘zbekistonda OTMlardagi bitiruv imtihonlari onlayn o‘tkaziladi, kirish imtihonlari soddalashtiriladi


Karantin sababli O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini onlayn shaklda o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-aprel kuni joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda mazkur jarayonlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Ta’kidlanishicha, pandemiya sababli tizimga masofaviy texnologiyalar joriy qilinib, 10 mingdan ziyod ta’lim muassasasidagi 7 million o‘quvchi va 500 ming talabaga onlayn dars berish yo‘lga qo‘yildi. Bu yangi mexanizm karantin sharoitida fanlar o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlab bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabulini takomillashtirib, masofadan, onlayn shaklda, internet orqali hujjat topshirish imkoniyatini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Bu boradagi yangi tartib va afzalliklar haqida aholi batafsil xabardor qilinadi.

Ma’lumki, 2020-yildan OTMlarga kirish imtihonlari jami beshta — uchta majburiy va ikkita mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan edi. Lekin karantin sharoiti yoshlarning imtihonga to‘la tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini ham chekladi.

Qolgan qisqa vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida, joriy yilda imtihonlarini soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni O‘zbekistonda karantin cheklovlarini yengillashtirish bo‘yicha dastlabki choralarni ma’lum qildi. Xususan, olimlarga, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlariga, professor-o‘qituvchilarga sanitariya-gigiyena normalarini ta’minlagan holda o‘z laboratoriya va kafedralarida kundalik ishlarini davom ettirishlariga ijozat beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют