» » Samarqandda firibgarlik yo‘li bilan un xarid qilib, aholiga qimmat narxda sotib kelgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda firibgarlik yo‘li bilan un xarid qilib, aholiga qimmat narxda sotib kelgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Samarqandda unni sun’iy ravishda qimmat narxlarda sotib kelgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan hududda unni aholiga kafolatli tarzda va arzon narxda yetkazib berishda ta’sir ko‘rsatayotgan shaxslar to‘g‘risida olingan ma’lumotlarga asosan tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda “L-Ch” MChJga qarashli savdo maydonchasi treyderi Sh.P. va boshqalar “L-Ch” MChJning muhridan aldov yo‘li bilan foydalanib, qalbaki hujjatlarni tayyorlash orqali birja bitimlarini tuzish uchun maxsus login va parollarni qo‘lga kiritgani, so‘ngra 6 nafar shaxsni mazkur jamiyatning treyderlari sifatida rasmiylashtirib, un savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.

Xususan, Sh.P. va boshqalar qalbaki hujjatlar asosida brokerlik faoliyatini amalga oshirib, boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan login va parollardan noqonuniy foydalanib, respublikada e’lon qilingan karantin davrida aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan unni sotishda monopol muhitni vujudga keltirgan. Ular 7 ta xo‘jalik yurituvchi subyektiga qiymati 3,2 milliard so‘mlik 1236 tonna unni olishga erishib, aholiga unni sun’iy ravishda qimmat narxlarda sotib kelgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Sh.P. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Samarqandda ehtiyojmand oilalar uchun mo‘ljallangan arzon unning qopiga 15 ming so‘m qo‘shib sotgan mahalla raisi qamalgan edi. Farg‘onada ham firibgarlik yo‘li bilan un xarid qilib, aholiga qimmat sotayotgan korxonaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют